Zangiotada gilam do‘koni yonib ketdi
Holat yuzasidan FVB maʼlumot berdi.

Bugun, 26 aprel kuni Zangiota tumani “Olim polvon” mahallasi Kamoliddin Behzod ko‘chasida joylashgan gilam do‘konida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borib, ayni vaqtda yong‘in bartaraf etilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratda.
“Qo‘shimcha maʼlumot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.







