Buxoroda 20 yoshli talaba o‘z joniga qasd qildi
U o‘limidan oldin xat qoldirgan.
Bugun, 27-aprel kuni Buxoro davlat texnika universiteti yangi qurilgan yotoqxonasining birinchi qavatida yashab turgan 1-kurs talabasi o‘zini osib, joniga qasd qildi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holatga aniqlik kiritib, marhum 2005-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan A.Sh. (erkak) ekanini ma’lum qildi. Uning aytishicha, talaba bugun ertalab soat 07:23 larda joniga qasd qilgan.
Marhum o‘zidan xat qoldirib ketgan bo‘lib, unda hech kimni o‘z o‘limida ayblamaslikni so‘ragan va ota-onasidan kechirim so‘ragan.
Hozirda prokuratura organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







