O'zbekiston

Jarima ballari 1 maydan kuchga kirmaydi

Ayni paytda tegishli hujjat ishlab chiqilmoqda.

Jarima ballari 1 maydan kuchga kirmaydi

Avvalroq O‘zbekistonda 1 maydan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballari hisoblash tizimi ishga tushirilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

 

Biroq, YHXX matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshevning maʼlum qilishicha, jarima ballari tizimi shu sanadan eʼtiboran kuchga kirmaydi.

 

“Jarima ballarini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat belgilangan tartibda ishlab chiqilmoqda. Shu bois, tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan so‘ng, yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun beriladigan jarima ballarining hisoblanish muddati va tartibi aniq belgilanadi”, - deb yozdi u Telegram-kanalida.

 

Eslatib o‘tamiz, jarima ballari birinchi huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir yil davomida hisoblanadi. Bir yil o‘tgach, jarima ballari avtomatik ravishda bekor qilinadi.

 

Agar haydovchi yil davomida 12 balldan ortiq jarima to‘plasa, oxirgi sodir etgan qoidabuzarligi uchun qo‘shimcha jazo sifatida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Boshqaruv huquqidan mahrum qilish muddati 6 oydan kam bo‘lishi mumkin emas.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Jarima ballari 1 maydan kuchga kirmaydi | Zamon.uz