Shimoliy Koreya Rossiyaga qo‘shin jo‘natishini tasdiqladi
Kurskdagi tarixiy janglarga bag‘ishlangan yodgorlik ochilishi rejalashtirilgan.

Shimoliy Koreya Rossiyaga qo‘shin yuborish qarori ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik kelishuviga asoslanganini rasman ma’lum qildi. Bu haqda KXDR rasmiy axborot agentliklari xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Pxenyanda yaqin kunlarda Rossiya va Koreya Xalq Armiyasi askarlari elkama-elka jang qilgan Kursk viloyatidagi tarixiy janglarga bag‘ishlangan yodgorlik ochilishi rejalashtirilgan.
Rasmiylar bu qadamlarga o‘zaro tarixiy do‘stlik va harbiy hamkorlikni mustahkamlash nuqtayi nazaridan qaralayotganini ta’kidlashdi. Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar so‘nggi paytlarda sezilarli darajada faollashgan.







