Tramp daromad soliqlarini qisqartiradi
Mamlakat bo'ylab ko'plab yangi ish o'rinlari yaratiladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp o'z bayonotida daromad soliqlarini qisqartirish natijasida ko'plab amerikaliklarning soliq to'lashi keskin kamayishini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, hatto ba'zi fuqarolar uchun daromad soliqlari butunlay bekor qilinishi mumkin. Asosiy e'tibor yiliga 200 ming dollardan kam daromad oluvchilarga qaratilgan.
Trampning ta'kidlashicha, mamlakat bo'ylab ko'plab yangi ish o'rinlari yaratilmoqda. Yangi zavod va fabrikalar qurilayotgani yoki rejalashtirilayotgani iqtisodiy o'sish uchun mustahkam zamin yaratadi. U bu jarayonni "Amerika uchun katta yutuq" deb baholadi.
Shuningdek, Tramp tashqi daromadlarni ham qaytadan mamlakat xizmatiga qaytarish niyatida ekanini ma'lum qildi. Uning fikricha, "Made in America" siyosati kuchayib, Amerika sanoatini tiklashda muhim rol o'ynaydi.







