Lifestyle

Xitoy Filippin yaqinidagi orolni egallab oldi

Bu harakat mintaqadagi siyosiy taranglikni yanada kuchaytirishi mumkin.

Xitoy Filippin yaqinidagi orolni egallab oldi

Xitoy qo‘shinlari Filippinning Send Key orolini egallab, uni rasman o‘z hududi deb e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy chegara kuchlari orolda mamlakat bayrog‘ini ko‘tarib, hududni o‘ziga tegishli deb e’lon qilgan.

 

Send Key oroli, Filippinning eng muhim harbiy bazalaridan biri bo‘lgan Titu orolidan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan. Xitoyning ushbu harakati, mintaqadagi siyosiy va harbiy taranglikni yanada kuchaytirishi mumkin, ayniqsa, AQSh va Filippin o‘rtasidagi katta harbiy mashg‘ulotlar olib borilayotgan bir paytda.

 

Ushbu hodisa, Xitoy, Vyetnam va Filippin o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirishi xavfini oshiradi. Mintaqadagi harbiy strategik o‘zgarishlar, global siyosiy barqarorlikka ta'sir o‘tkazishi mumkin.

Xitoy Filippin yaqinidagi orolni egallab oldi | Zamon.uz