Namangandagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
Holat yuzasidan FVB maʼlumot berdi.

Bugun, 29 aprel kuni soat 10:36 da Namangan shahar “Obihayot” MFY B.Mashrab ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Namangan shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:41 da yetib borib, soat 10:44 da yong‘in qutqaruvchilar tomonidan yong‘in o‘rab olingan va soat 11:02 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida uyning 40 kvadrat metr joyidagi qisman uy jihozlari hamda xonadon egalariga tegishli hujjatlari yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida kuyib tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in qutqaruvchilar tomonidan xonadonning 80 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







