Qamchiq dovonida mashina xandaqqa tushib ketdi
Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo'q.

Kecha, soat 15:40 atrofida A-373 "Toshkent–O‘sh" avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida harakatlanayotgan VAZ-2106 rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan. Bu haqda “Qamchiq” maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga tezkor xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar maxsus texnika va asbob-uskunalar yordamida mashinani xavfsiz tarzda chiqarib olishgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.







