O‘zbekiston va Kot-d’Ivuar o‘rtasida diplomatik bitim imzolandi
Kot-d’Ivuar O‘zbekiston bilan rasmiy aloqalar o‘rnatgan 160-davlat bo‘ldi.

O‘zbekiston va Kot-d’Ivuar Respublikasi o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida rasmiy bitim imzoladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Mazkur hujjat O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Kot-d’Ivuarning BMTdagi doimiy vakili Tiemoko Moriko tomonidan imzolangan.
Shu tariqa Kot-d’Ivuar O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 160-davlatga aylandi.







