Toshkentda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
Bunga kecha kuzatilgan kuchli shamol sabab bo‘lgan.

Mirobod tumani hokimligi xabariga ko‘ra, daraxt qulashi oqibatida insonlarga shikast yetmagan. Ikkita Cobalt avtomashinalari zarar ko‘rgan. Hozirda hodisa joyida tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bartaraf etish ishlarini olib borishmoqda.
“Noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmasligingizni, o‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.







