O'zbekiston

1 maydan nimalar o‘zgaradi?

Garovsiz kreditlar, soliq imtiyozlari va kompensatsiyalar.

1 maydan nimalar o‘zgaradi?

 

2025-yil 1-maydan boshlab O‘zbekistonda bir qator muhim qonunchilik o‘zgarishlari kuchga kirdi. Quyida ularning asosiylari bilan tanishing:

 

1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yengillik. O‘zini o‘zi band qilganlar yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tayotganda davlat boji olinmaydi.

 

2. “Hamkor tadbirkor” dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Ayollarni tadbirkorlikka tayyorlash; Kooperatsiya orqali ayollarga o‘z biznesini boshlashda yordam; Ularning mahsulotlarini onlayn platformalarda joylashtirish va sotishda ko‘mak.

 

3. Garovsiz kreditlar ajratiladi. O‘z biznesini rivojlantirgan shaxslarga garovsiz kreditlar:

  • Oilaviy tadbirkorlik dasturi orqali – 50 mln so‘m;
  • Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi orqali – 150 mln so‘m.

 

4. Mahalla raislari – bepul mediatorlik kursi. Har bir tuman-shaharda 5 nafardan mahalla raislari oila nizolarini hal qilish bo‘yicha mediatorlikka bepul o‘qitiladi. Ular oilaviy masalalarda bepul mediaatsiya xizmatini ko‘rsatadi.

 

5. Fonogrammadan foydalanish cheklanadi. Davlat mablag‘lari hisobidan o‘tkaziladigan konsertlarda fonogramma bosqichma-bosqich taqiqlanadi; Mukofotlar berishda san’atkorlarning jonli ijro mahorati hisobga olinadi.

 

6. O‘rta va yirik biznes uchun QQSni qisqa muddatda qaytarish. Ular uchun QQSni qaytarish muddati 7 kungacha qisqartiriladi.

 

7. “Ustoz” tadbirkorlarga grant. Ayollarni “yashil” yoki IT loyihalarda qo‘llab-quvvatlagan tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi.

 

8. Qamoqdan chiqqanlarga bir martalik nafaqa. Ozodlikdan mahrum etilgan joylardan chiqqanlarga 6 barobar BHM (2 040 000 so‘m) miqdorida nafaqa “Inson” markazlari orqali to‘lanadi.

 

9. Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari. 2031-yilgacha ijtimoiy soliq va daromad solig‘i 50 foizga kamayadi va aylanmadan olinadigan soliq to‘lash huquqi beriladi.

 

10. “Toza qo‘llar” sanitariya dasturi. Sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish joylari sanitariya vositalari bilan ta’minlanadi, binolar ichkarisida sanitariya xonalarini joylashtirish talabi joriy etiladi, antiseptik vositalar xaridi ustuvor qilinadi.

 

11. Kam ta’minlanganlarga elektr va gaz uchun kompensatsiya. “Ijtimoiy himoya reestri”ga kiritilgan yoki unga mos o‘zgaruvchan daromadga ega oilalarga;

  • Elektrda – 150 kVt/soatgacha;
  • Gazda – 250 m³ gacha (qishda), 150 m³ (boshqa davrlarda) me’yordan oshgan narxlar farqi davlat tomonidan qoplanadi.
Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

1 maydan nimalar o‘zgaradi? | Zamon.uz