Afg’oniston bilan suv bo’yicha bitim tuzildi
U Amudaryo suvidan foydalanish haqida.

Afg'onistonning Qishloq xo'jaligi va Suv va energetika vazirliklari bilan Amudaryo suv havzasini birgalikda boshqarish va suvdan adolatli hamda oqilona foydalanish bo'yicha muhim bitim imzolandi, deb xabar bermoqda O'zbekistonning Qishloq xo'jaligi vazirligi.
Ushbu hujjat ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bilan birga, Markaziy Osiyodagi ekologik barqarorlik va transchegaraviy suv resurslarini boshqarishda kelajakdagi o'zaro mas'uliyatli yondashuvlarni belgilaydi, deyiladi xabarda.







