Bugun Prezident Xorazmga tashrif buyuradi
Davlat rahbari viloyatdagi yangi obyektlar bilan tanishadi.

Bugun, 1-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqida davlat rahbari matbuot xizmati maʼlum qildi.
Tashrif dasturidan sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida ishga tushirilgan yangi obyektlar, yirik transport infratuzilmasi va shaharsozlik loyihalari bilan tanishish va boshqa tadbirlar o‘rin olgan.
Shuningdek, davlatimiz rahbari hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.







