Buxoroda Chery va yuk mashinasi to‘qnashdi
Fojia oqibatida Chery haydovchisi halok bo‘lgan.

30-aprel kuni soat 10:30 lar atrofida Buxoro viloyatining Romitan tumanidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 256-kilometrida fojiali yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Chery rusumli yengil avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashdi.
To‘qnashuv oqibatida Chery avtomobili haydovchisi, 1967-yilda tug‘ilgan I.M., voqea joyida vafot etgan. Mashinada bo‘lgan yo‘lovchi – 1971-yilda tug‘ilgan ayol Sh.P. bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi hamda ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi kabi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.







