Lifestyle

Dunyoda ilk bor dinozavr terisi yaratilmoqda

Undan moda sanoatida foydalaniladi.

Dunyoda ilk bor dinozavr terisi yaratilmoqda

Olimlar tarixiy T. rex dinozavrining terisidan foydalanib, birinchi laboratoriyada o‘stirilgan charmni yaratishga tayyorlanmoqda. Ushbu loyiha, ilg‘or genomik muhandislik va to‘qima texnologiyalarini birlashtirgan holda, modaning kelajagiga yangi yo‘nalish qo‘shadi.

 

1988-yilda Montanada topilgan T. rex fosilidan olingan kollagen yordamida, olimlar sun’iy ravishda bu dinozavrning terisini qayta yaratishga muvaffaq bo‘lmoqdalar. Bu charm maxsulotlari ekologik jihatdan barqaror alternativ sifatida ishlab chiqariladi.

 

T. rex charmidan tayyorlangan aksessuarlar 2025-yil oxiriga qadar taqdim etilishi kutilmoqda. Loyihada ekologik ta’sirni kamaytirish va an’anaviy charm ishlab chiqarishdagi shafqatsizlikni bartaraf etish maqsad qilinmoqda.

 

Bu yangi texnologiya, kelajakda nafaqat modada, balki avtomobil sanoati kabi boshqa sohalarda ham o‘z o‘rnini topishi mumkin.

Dunyoda ilk bor dinozavr terisi yaratilmoqda | Zamon.uz