Lifestyle

Hindistonda ari hujumi tufayli Superkubok o‘yini to‘xtatildi

Voqea sabab tribunadagi muxlislar stadionni tark etgan.

Hindistonda ari hujumi tufayli Superkubok o‘yini to‘xtatildi

Hindistonda bo‘lib o‘tgan Superkubok chorak finalida noodatiy voqea yuz berdi. “Mumbay Siti” va “Inter Kashi” uchrashuvi paytida maydonga katta galada asalarilar bostirib kirdi. O‘yinning 28-daqiqasida stadionning yuqori qismida paydo bo‘lgan asalarilar tufayli hakamlar va futbolchilar o‘yinni vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

 

Qisqa tanaffusdan so‘ng o‘yin davom ettirildi, biroq oradan biroz o‘tib asalarilar qaytib kelib, maydondagilarga hujum qildi. Vaziyat shu qadar keskinlashdiki, tribunadagi muxlislar stadionni tark etdi, hakamlar esa ho‘l sochiqlar bilan yuzlarini yopib, yerga yotishga majbur bo‘lishdi.

 

Hakamlar vaziyatni qo'lga olish uchun noodatiy qarorga kelishdi. Ular sariq liboslarini qora rangga almashtirishdi. Ushbu qadam asalarilarni chalg‘itdi va o‘yin davom ettirildi. 44-daqiqada uchrashuv 14 daqiqa kompensatsiya bilan qayta boshlandi.

 

Natijada “Mumbay Siti” jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.

Hindistonda ari hujumi tufayli Superkubok o‘yini to‘xtatildi | Zamon.uz