Lifestyle

Misrda kuchli qum bo‘ronlari boshlandi

Ko‘chalarda hayot deyarli to‘xtab qolgan.

Misrda kuchli qum bo‘ronlari boshlandi

Misrda bahor faslining mashhur Hamsin bo‘ronlari kuchayib, ayniqsa Yuqori Misr, Katta Qohira va Suvaysh kanali atrofidagi hududlarni qoplab oldi. Kuchli shamol va qum havoni to‘ldirib, ko‘rish masofasini deyarli yo‘q qildi.

 

Hukumat odamlarni imkon qadar uyda qolishga chaqirmoqda. Zarur ishlar bilan chiqishga to‘g‘ri kelsa, niqob yoki ro‘mol bilan yuzni berkitish tavsiya qilinmoqda. Ayni paytda, ko‘chalarda hayot deyarli to‘xtab qolgan, maktablar yopilgan, aeroportlarda parvozlar kechikmoqda.

 

Shifokorlar yurak-qon tomir va nafas yo‘llari kasalliklari bor insonlarga alohida ehtiyotkorlik bilan yurishni maslahat berishmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"