Lifestyle

Tesla Mask o‘rniga yangi rahbar izlashni boshladi

Investorlar kompaniyaga to‘liq vaqt ajratadigan rahbar qidirishmoqda.

Tesla Mask o‘rniga yangi rahbar izlashni boshladi

The Wall Street Journal maʼlumotlariga ko‘ra, Tesla kuzatuv kengashi Ilon Mask o‘rniga kompaniyaga to‘liq vaqt bag‘ishlay oladigan yangi rahbar qidirishga kirishdi.

 

Bu qaror kompaniya foydasi va aksiyalari narxi tushib ketgani, shuningdek, Maskning siyosiy faolligi ortgani va investorlar noroziligi ortishi fonida qabul qilingan.

 

Ayni paytda Maskning diqqati Oq uydagi ehtimoliy siyosiy faoliyatga qaratilgani ham kuzatuv kengashi aʼzolari va ayrim investorlarni xavotirga solmoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, kuzatuv kengashi yangi rahbar topish uchun bir necha kompaniyalar bilan hamkorlikni boshlab yuborgan.

Tesla Mask o‘rniga yangi rahbar izlashni boshladi | Zamon.uz