Green Card javoblari ertaga chiqadi
Natijalarni rasmiy sayt orqali tekshirish mumkin.

Ertaga, 3-may kuni, AQSHning Xilma-xillik viza dasturi (DV-2026) natijalari e’lon qilinadi. Arizachilar Toshkent vaqti bilan soat 21:00 dan boshlab rasmiy sayt orqali natijani tekshirishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, arizalar 2024-yil 2-oktyabrdan 7-noyabrgacha qabul qilingan edi. “Green Card” dasturi tarixan AQSHga kam immigratsiya qilgan davlatlar fuqarolariga Amerikaga ko‘chib o‘tish imkonini beradi.







