Tramp 8 mayni G‘alaba kuni deb e’lon qildi
Unda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba nishonlanadi.

AQShning prezidenti Donald Trump chiqishida 8 mayni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, AQSh bu urushda boshqa hech bir davlat bilan solishtirib bo‘lmaydigan darajada katta hissa qo‘shgan. Shu sabab, Trump fikricha, bu yutuqni alohida nishonlash vaqti kelgan.
“Ko‘plab do‘stlarimiz va ittifoqchilarimiz 8 mayni allaqachon bayram sifatida nishonlaydi. AQSh esa Ikkinchi jahon urushida muhim rol o‘ynagan. Shu sabab, men 8 mayni Ikkinchi jahon urushida, 11 noyabrni esa Birinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb e’lon qilaman,” dedi u.
Trump Amerikaga o‘z g‘alabalari va tarixiy yutuqlarini yana bir bor keng nishonlash kerakligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kun yetakchilari bunday bayramlarni tashkil qilishni unutib qo‘ygan va bu an’analarni tiklash vaqti kelgan.







