Apple global xakerlar hujumidan ogohlantirdi
Firibgarlar mikrofon va kamera funksiyalariga ruxsatsiz kira oladi.

Apple kompaniyasi 100 dan ortiq mamlakatda josuslik dasturi tarqalganini va iPhone foydalanuvchilari uchun global xakerlar hujumi xavfi borligini e’lon qildi. Ushbu dastur orqali firibgarlar xabarlar, mikrofon va kamera funksiyalariga egasining ruxsatisiz kira olishlari mumkin.
Apple foydalanuvchilarga iOS 18.4.1 versiyasiga tezlik bilan yangilanishni va Lockdown Mode rejimini yoqishni tavsiya qilmoqda. Ushbu maxsus rejim xakerlik hujumlaridan himoya qilish uchun yaratilgan bo‘lib, funksiyalarni cheklaydi va xavfsizlikni oshiradi. Apple ta’kidlashicha, bunday hujumlar — jumladan, NSO Group’ning Pegasus hujumi kabi juda kam uchraydi, ammo ular juda murakkab va odatda siyosatchilar yoki fuqarolik faollariga qarshi yo‘naltiriladi.
Italiyalik jurnalist Chiro Pellegrino ham Apple ushbu global hujum haqida xabar berganini tasdiqladi. Apple xabar olgan foydalanuvchilarga barcha yangilanishlarni o‘rnatib, blokirovka rejimini yoqishni qat’iy tavsiya qilmoqda.







