Avstraliyada dunyodagi eng yirik elektrokema suvga tushirildi
Kema faqat akkumulyatorlardan olinadigan elektr energiyasida ishlaydi.

Avstraliyaning Xobart portida Hull 096 nomli elektrokema suvga tushirildi. Ishlab chiqaruvchi Incat kompaniyasiga ko‘ra, u hozircha dunyodagi eng yirik elektr kema hisoblanadi.
Hull 096 uzunligi 130 metr bo‘lib, 2100 yo‘lovchi va 225 ta transport vositasini tashish imkoniyatiga ega. Kema faqat akkumulyatorlardan olinadigan elektr energiyasi yordamida ishlaydi. Uning og‘irligi 250 tonnani, umumiy quvvati esa 40 megavatt-soatdan ortiqni tashkil etadi. Kema sakkizta elektr suv dvigateliga ulangan bo‘lib, quvvati avvalgi dengiz qurilmalaridan to‘rt baravar kuchli.
Incat raisi Robert Klifford bu loyihani kompaniya tarixidagi eng dadil va murakkab ish deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular ekologik toza transport yechimlarini yaratishga katta e’tibor qaratmoqda.
Hull 096 nafaqat eng yirik elektr kema, balki dunyoda shu paytgacha qurilgan eng katta elektr transport vositasi ham hisoblanadi. Incat bosh direktori Stiven Keysining ta’kidlashicha, Hull 096 past emissiyali transport kelajagining bugungi kunda ham amalga oshishi mumkinligini isbotlab berdi.







