Haj-2025 mavsumi 13 maydan boshlanadi
O‘zbekistonning 9 ta shahridan Makkaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo'yiladi.

O‘zbekistondagi 2025-yilgi Haj mavsumi 13 may kuni start oladi. 28 mayga qadar har kuni mamlakatdan Saudiya Arabistoniga reyslar amalga oshiriladi.
Haj ziyoratchilari Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus aeroportlaridan bevosita Madinaga uchishadi. Hukumat bu yilgi Hajj uchun qulay sharoitlar yaratish ustida ishlamoqda.







