Toshkentda Orlando yonib ketdi
Holat yuzasidan FVB maʼlumot berdi.

Bugun, 3 may kuni soat 11:52 da Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida “Orlando” rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 11:58 da yetib borganida, yong‘in haydovchi tomonidan avtomobilda mavjud o‘t o‘chirgich bilan o‘chirilganligi maʼlum bo‘lgan.
Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.







