Xitoy AQShning 40 mlrd dollarlik tovarini bojdan ozod qildi
Ikki davlat o'rtasidagi savdo munosabatlari yumshamoqda.

Bloomberg xabariga ko‘ra, Xitoy ortiqcha shov-shuvsiz AQShdan import qilinadigan 40 milliard dollarlik tovarlarga boj imtiyozlarini joriy etdi.
Bu qaror Pekin va Vashington o‘rtasidagi savdo munosabatlari yumshayotganidan darak beradi. Xitoyning bunday yondashuvi ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning muhim jihatlarini ortiqcha e’tibordan chetda hal qilishga urinayotganini ko‘rsatadi.
Mutaxassislar ushbu imtiyozlar Xitoy ichki bozoridagi yetkazib berish zanjirlarini barqarorlashtirish va AQSh bilan savdo munosabatlarini mo’tadillashtirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.







