Lifestyle

Lady Gaganing konserti 2 million tomoshabin bilan rekord o‘rnatdi

Konsert tomoshabinlar uchun bepul tashkil etilgan.

Lady Gaganing konserti 2 million tomoshabin bilan rekord o‘rnatdi

Amerikalik qo‘shiqchi Lady Gaganing Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan konserti 2 milliondan ortiq tomoshabinni to‘plab, ayol ijrochilarning eng yirik yakka chiqishi sifatida tarixga kirdi. Konsert tomoshabinlar uchun bepul tashkil etildi va uning barcha xarajatlarini Braziliya hukumati qoplagan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir mahalliy iqtisodiyotga taxminan 100 million dollar foyda keltirgan. Shu bilan birga, Braziliya polisiya xodimlari konsertda terrorchilik harakati oldi olinganini, qo‘lbola portlovchi moslamalar va “Molotov kokteyllari” bilan hujum uyushtirishni rejalashtirgan shaxslar qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"