Lifestyle

Xitoyda kemalar ag‘darilishi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Kemalar kuchli shamol tufayli ag‘darilib ketgan.

Xitoyda kemalar ag‘darilishi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Xitoyning janubi-g‘arbidagi Guichjou provinsiyasida daryo kemalari ag‘darilishi oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Xitoy markaziy televideniyesi.

 

Hodisa Qianxi shahrida sodir bo‘lgan. Kuchli shamol tufayli to‘rtta kema ag‘darilib, jami 84 kishi suvga tushib ketgan. Bir kishi bedarak yo‘qolgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Guichjouda 70 nafar yo‘lovchi bo‘lgan ikki sayr kemasi ham ag‘darilib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Xitoyda kemalar ag‘darilishi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz