Lifestyle

Afg‘onistonda kelinlarga endi mahr berilmaydi

Qarorga ko‘ra kuyovdan sovg‘alar olish man etiladi.

Afg‘onistonda kelinlarga endi mahr berilmaydi

Afg‘onistonning G‘ur viloyatida “Tolibon” kuyovdan mahr talab qilishni taqiqlash qarorini chiqardi, deb xabar berdi Hasht-e Subh Daily. Qarorga ko‘ra, kuyovdan kiyim-kechak, aksesuarlar, bayramlarda naqd pul yoki sovg‘alar olish man etiladi.

 

Bu qaror viloyatda Abida ismli qiz “Tolibon” jangchisiga majburan turmushga chiqishga rozilik bermaganidan keyin o‘zini yoqib yuborgan fojiali voqeadan so‘ng qabul qilindi.

 

Shu bilan birga, Afg‘onistonda ayollarga nisbatan ko‘plab cheklovlar joriy etilgan bo‘lib, ular ish, taʼlim, shifoxona va jamoat joylariga kirish huquqini ham qamrab oladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"