Fransiyada jinoyatchi qamoqdan adashib chiqarib yuborildi
U bir haftadan beri qidirilmoqda.

Fransiyada achinarli va kulgili tus olgan hodisa yuz berdi. 11 yilga hukm qilingan, xavfli jinoyatchi bo‘lgan 25 yoshli mahkum xatolik sababli qamoqdan chiqib ketdi. Endi uni bir haftadan beri qidirishmoqda.
Bordeaux prokuraturasining ma’lumotiga ko‘ra, bu voqea Ggradignan qamoqxonasida sodir bo‘lgan. Mahkuma aslida Fransiyadan Marokashga deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan boshqa shaxs bilan adashtirib yuborishgan. Chunki ularning ismlari o‘xshash bo‘lgan.
Hozir jinoyatchi xalqaro qidiruvga berilgan, unga nisbatan Yevropa bo‘ylab amal qiluvchi order chiqarilgan. Mahalliy rasmiylar bu xatolik yuzasidan tergov olib bormoqda, lekin bu voqea nafaqat huquq-tartibot idoralarini, balki Fransiya jamoatchiligini ham hayratda qoldirdi.







