Lifestyle

Xitoyda yosh repetitor to‘y arafasida vafot etdi

Yosh bo'lishiga qaramay, ortiqcha mehnat uning vafotiga sabab bo'lgan.

Xitoyda yosh repetitor to‘y arafasida vafot etdi

Xitoyning Uxan shahrida qayg‘uli voqea yuz berdi. 20 yoshli iqtidorli repetitor, to‘yiga sanoqli kunlar qolganda, og‘ir ish yuki va tinimsiz stress oqibatida vafot etdi.

 

South China Morning Post nashrining yozishicha, marhum bir vaqtning o‘zida 400 nafar talabaga ingliz tili va matematikadan saboq bergan. U ishlagan yirik onlayn ta’lim platformasida faqat dars berish bilan kifoyalanmasdan, yuzlab ota-onalarning murojaatlariga ham muntazam javob berib kelgan. Yosh ustoz har kuni kamida 6 soat qo‘shimcha vaqt sarflar, kechga qadar ishxonada qolib ketar edi.

 

Fojia ro‘y bergan kuni u yana ishda qolgan. Bo‘lajak rafiqasi u bilan bog‘lana olmagach, xavotir bilan politsiyaga murojaat qilgan. Ertasi kuni tozalovchi xodim uni o‘z ish kabinetida jonsiz holatda topgan. Shifokorlar yurak faoliyatining to‘satdan to‘xtashiga ortiqcha ish yuki va stress sabab bo‘lganini tasdiqladilar.

 

Bu voqea ta’lim tizimidagi og‘ir mehnat sharoitlariga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini yana bir bor eslatadi.

Xitoyda yosh repetitor to‘y arafasida vafot etdi | Zamon.uz