O'zbekiston

Toshkentda yangi universitet tashkil etilmoqda

U Boston Consulting Group ko‘magida ochiladi.

Toshkentda yangi universitet tashkil etilmoqda

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoteva yangi TASHKENT TECH texnika universitetini tashkil etish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishida ishtirok etdi.

 

Qayd etilishicha, yoshlar o‘rtasida texnik ta’limning nufuzini oshirishga qaratilgan ushbu keng ko‘lamli loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga muvofiq amalga oshirilmoqda.

 

“Strategik vazifamiz yuksak xalqaro standartlarga mos yangi avlod universitetini yaratishdir. Biz zamonaviy mehnat bozorining eng yuqori talablariga javob beradigan muhandislar yetishib chiqadigan ekotizimni shakllantiramiz.

 

TASHKENT TECH Toshkent davlat texnika universiteti negizida Boston Consulting Group ko‘magida bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Ushbu loyiha jahonning ilg‘or amaliyotlarini sanoat va innovatsion rivojlanishimiz ehtiyojlariga moslashtirgan holda integratsiya qilish imkonini beradi.

 

TASHKENT TECH shunchaki oliy o‘quv yurti emas, balki O‘zbekistonning texnologik suvereniteti va barqaror industrial o‘sishining harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi” deb yozdi Mirziyoyeva o'z telegram kanalida.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentda yangi universitet tashkil etilmoqda | Zamon.uz