O'zbekiston

G‘alaba bog‘ida “Xotira Nuri” nomli yangi majmua ochildi

U gulli daraxtlar, butalar va yorqin gulzorlar bilan o‘ralgan.

G‘alaba bog‘ida “Xotira Nuri” nomli yangi majmua ochildi

“Xotira Nuri” — bu tarixiy meros, tabiat manzarasi, san’at va zamonaviy raqamli texnologiyalar uyg‘unligini ifodalovchi noyob loyiha hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi — O‘zbekiston Respublikasida mutlaqo yangi shakldagi yodgorlik makonini yaratishdir. Bu maskanda qahramonlar xotirasi abadiy yashaydi.

 

Mamlakatimizda ilk bor tarixiy xotira nafaqat monument obida orqali, balki raqamli shaklda ham abadiylashtirilmoqda. Bu esa Ikkinchi jahon urushi faxriylari xaqidagi ma’lumotlarga keng ommaviy kirish imkonini yaratadi.

 

“Xotira Nuri” kitobi — bu yosh ijodkorlar, O‘zbek tili va adabiyoti instituti talabalarining qalamiga mansub qahramonlik hikoyalari to‘plamidir. Kitob avlodlar davomiyligini ifodalaydi. Unda O‘zbekistonning har bir hududidan bittadan bo‘lib, jami 14 nafar faxriyning tarjimai holi va arxiv fotosuratlari jamlangan. Loyiha keyingi yil davomida barcha tirik faxriylarni qamrab olib, ularning hayotiy yo‘llarini “xotira kitobi”ga kiritish, milliy qahramonlik arxivi yaratishni rejalashtirgan.

 

“Xotira Nuri” majmuasi — bu G‘alaba bog‘i hududida joylashgan yodgorlik makoni bo‘lib, u gulli daraxtlar, butalar va yorqin gulzorlar bilan o‘ralgan. Bu joyda xotira, hurmat va minnatdorchilik tuyg‘ulari aks etgan o‘ziga xos muhit yaratilgan. Majmuaning markazida joylashgan yodgorlik ochiq sahifadek yasalgan kitob shaklida bo‘lib, u abadiy meros va hayotini Vatan uchun fido qilganlar xotirasini ifodalaydi. Yashil hudud uch tomondan yodgorlik tomon olib boruvchi sayr yo‘laklari bilan bezatilgan. Monument maketi ustida mamlakatimizning yetakchi haykaltaroshlari hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi talabalari ishladi.

 

Raqamli platforma — bu faxriylar haqidagi foto, video va audio materiallardan iborat arxiv bazasidir. U “xotira kitobi”da keltirilgan hikoyalarni boyitadi. Zamonaviy texnologiyalar orqali ilk bor O‘zbekistonda ochiq osmon ostida raqamli muzey yaratilmoqda. Har bir tashrif buyuruvchi markaziy monumentga o‘rnatilgan interaktiv QR-kod orqali bu boy xotiralarni tinglashi, ko‘rishi va his qilishi mumkin bo‘ladi.

 

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

G‘alaba bog‘ida “Xotira Nuri” nomli yangi majmua ochildi | Zamon.uz