Andijonda uy ichidan ilon chiqdi
U FVB xodimlari tomonidan zararsizlantirilgan.

Kecha, 11 may kuni Andijon viloyati FVBga Asaka tumani “Yangisor” MFY Yangisor ko‘chasida joylashgan uylar birining ichiga ilon kirib olganligi va amaliy yordam zarurligi bo‘yicha murojaat kelib tushgan.
Xabarga asosan, FVB qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishgan va ilonni maxsus idishga solib, tabiatga qo‘yib yuborishgan.







