Farg‘onalik erkak aliment uchun xotinini sudga berdi
Ayolning alimentdan qarzdorligi 22 mln so‘m.

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida ikki voyaga yetmagan farzandning otasi bo‘lgan erkak 2024 yilda ajrashgan ayolini aliment to‘lamagani sabab sudga bergan hamda sud shu yili 11 aprelda ona daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilagan.
Biroq, ayol aliment to‘lashgan qochib, izsiz g‘oyib bo‘lgan. Majburiy ijro byurosi xodimlarining saʼy-harakatlari va uzoq davom etgan qidiruv tadbirlari natijasida ona boshqa bir viloyatda qo‘lga olingan.
Unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi (bolalarni moddiy taʼminlashdan bo‘yin tovlash) bilan ish qo‘zg‘atilib, materiallar sudga oshirilgan.
Sud jarayonida ayol o‘zining 22 mln 363 ming 310 so‘m miqdoridagi aliment qarzdorligini tan olsa-da, uni to‘lashdan qatʼiyan bosh tortgan. Natijada, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudi tomonidan onaga 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosini tayinlandi.







