Lifestyle

Xitoylik yo‘lovchi samolyotda favqulodda chiqish eshigini ochib yubordi

U toza havo olmoqchi bo'lgan.

Xitoylik yo‘lovchi samolyotda favqulodda chiqish eshigini ochib yubordi

12 may kuni China Eastern Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyotda noodatiy hodisa yuz berdi. Havo kemasi qo‘nib, uchish-qo‘nish yo‘lagida harakatlanayotgan paytda, yo‘lovchilardan biri favqulodda chiqish eshigini ochib yubordi. Erkak bu harakatini "toza havo kerak edi" deb izohlagan.

 

Eshik ochilishi natijasida evakuatsiya trapasi avtomatik tarzda ochilib ketgan va bu boshqa yo‘lovchilar orasida sarosima keltirib chiqargan. Ekipaj vaziyatni tezda nazoratga olgan, biroq hodisa tufayli yo‘lovchilarni tushirish jarayoni 20 daqiqaga kechikkan.

 

Voqea joyiga politsiya yetib kelib, erkakni hibsga oldi. Unga 100 mingdan 200 ming yuangacha (taxminan 27,7 ming AQSH dollari) jarima solinishi mumkin. Mutaxassislar bunday xatti-harakatlar samolyot xavfsizligiga jiddiy tahdid ekanini ta’kidlab, yo‘lovchilardan parvoz qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘rashmoqda.

Xitoylik yo‘lovchi samolyotda favqulodda chiqish eshigini ochib yubordi | Zamon.uz