Lifestyle

Haddan tashqari ko'p ishlash miyada jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi

Ortiqcha ishlash har yili 745 mingdan ortiq o‘lim holatiga olib keladi.

Haddan tashqari ko'p ishlash miyada jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi

Janubiy Koreyada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar haddan tashqari ishlash nafaqat ruhiy charchoq va sog‘liq muammolariga, balki miyada jiddiy tuzilmaviy o‘zgarishlarga olib kelishini ko‘rsatdi.

 

Yonsei universiteti olimlari Koreyaning yuqori ish bosimi ostidagi xodimlari ustida tadqiqot olib bordi. Unga ko‘ra, haftasiga 52 yoki undan ko‘proq soat ishlaydigan 32 nafar xodimning miyasi neyroimaging texnologiyasi yordamida o‘rganilgan. Natijalarga ko‘ra, ularning miya tuzilmasi standart ish soatlarida ishlaydiganlarga nisbatan sezilarli darajada farqlangan.

 

Tadqiqot muallifi, dotsent Choy Jun-yulning ta’kidlashicha, stress omillari bartaraf etilsa, miya tuzilmasidagi o‘zgarishlar qisman tiklanishi mumkin. Biroq bu uzoq vaqt talab qiladi, hatto ba’zida nafaqaga chiqish kabi keskin choralar zarur bo‘ladi.

 

2021-yilda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma tadqiqotga ko‘ra, ortiqcha ishlash har yili 745 mingdan ortiq o‘lim holatiga olib keladi. Uzoq ish vaqti, ayniqsa, ayollarda diabet va aqliy salomatlikda pasayish xavfini oshiradi.

Haddan tashqari ko'p ishlash miyada jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi | Zamon.uz