Putin Turkiyaga bormaydi
Avvalroq Tramp ham Istanbulga bormasligi ma’lum qilgan edi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya-Ukraina muzokaralarida ishtirok etish uchun Turkiyaga bormaydi. Reuters agentligining manbasiga ko‘ra, bu qaror Kreml Rossiya delegatsiyasi a’zolari ro‘yxatini e’lon qilgach qabul qilingan.
Ro‘yxatdan shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Istanbulga bormasligi ma’lum bo‘ldi. Bu esa Trampning Turkiyaga borish ehtimolini kamaytirdi.
Avvalroq Tramp, agar Putin Turkiyaga borsa, o‘zining safar yo‘nalishini o‘zgartirib, Istanbulga borishi mumkinligini aytgandi.







