Lifestyle

Eng yaxshi 10 ta o‘zbek seriali

Qozog‘iston saytida o‘zbek seriallari reytingi e’lon qilindi.

Eng yaxshi 10 ta o‘zbek seriali

 

Qozog'istondagi ommaviy saytlarning birida o‘zbek tomoshabinlarining qalbidan chuqur joy olgan, millionlab muxlislar mehrini qozongan o‘zbek seriallari orasidan eng yaxshilari ro'yxati taqdim etildi. Bu loyihalar nafaqat o‘z vaqtida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan, balki madaniyatimizning ajralmas qismiga aylangan.

 

1. Opa-singillar

Uch opa-singil — Nafisa, Nasiba va Shahnoza hayoti orqali o‘zbek oilalaridagi turmush tarzi, urf-odatlar, kelin-kuyov, qaynonalar o‘rtasidagi murakkab munosabatlar yoritiladi. 2012-yilning eng mashhur oilaviy seriali bo‘lgan.

 

 

2. Mehmonjonlardan aylanay

Har bir qismida mehmondo‘stlik, saxovat va o‘zaro hurmat singari qadriyatlar ko‘rsatiladi. Har xil vaziyatlar orqali o‘zbek oilasidagi mehmon kutish an’analari yoritiladi.

 

Picture background

 

3. Olovli yo‘llar

Mashhur adib Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti haqida hikoya qiluvchi tarixiy-ijtimoiiy serial. Uzoq yillik kurash, ma’rifat va ozod fikr yo‘lida qilgan xizmatlari orqali tomoshabinga ilhom bag‘ishlaydi.

 

4. Shaytanat

Mashhur romanga asoslangan bu kriminal drama murakkab jinoyat dunyosiga tushib qolgan, adolat izlovchi inson hayoti orqali mafiyaviy tizimning ichki tomonlarini ochib beradi. O‘zbek seriallarining klassikasiga aylangan.

 

 

5. Artist

2016-yilda chiqqan yoshlar orasida mashhur bo‘lgan serial. San’at institutida o‘qiydigan do‘stlarning orzulari, muhabbati, do‘stligi va hayotiy sinovlari orqali zamonaviy yoshlik ruhi aks ettirilgan.

 

 

6. Meni sev

Yosh yigit va qiz o‘rtasidagi his-tuyg‘ular, majburiy nikoh va erkin sevgi o‘rtasidagi ziddiyatlar asosida qurilgan zamonaviy melodrama. Oila va shaxsiy tanlov o‘rtasidagi kurash ko‘rsatiladi.

 

 

7. Qadam

Haqiqiy voqealarga asoslangan, oddiy, lekin ta’sirli sevgi hikoyasi. Yangi aktyorlar ishtirokida suratga olingan bu serial tomoshabinni samimiyligi bilan zabt etgan.

 

 

8. Meni asra

Zamonaviy O‘zbekistonda yashovchi bir nechta yoshlarning hayotiy sinovlari, orzulari, xiyonat va sevgilari haqida. Har bir obraz o‘z yo‘lini topishga harakat qiladi.

 

 

9. Qizim

Har xil oilalarning turmush tarzini ko‘rsatib, ota-onalik mas’uliyati, avlodlar o‘rtasidagi farq va sevgi haqida hikoya qiluvchi mashhur serial.

 

 

10. Tutash taqdirlar

Butunlay boshqa-boshqa hayot yo‘lida ketayotgan insonlarning taqdirlari to‘satdan tutashadi. Har bir epizod hayotning kutilmagan burilishlari haqida hikoya qiladi.

 

Eng yaxshi 10 ta o‘zbek seriali | Zamon.uz