Isroil va Suriya Iordaniyada yashirin muzokara o‘tkazdi
Muzokaralar BAA vositachiligida olib borilmoqda.

Iordaniyada Isroil xavfsizlik xizmatlari va Suriya hukumati vakillari o‘rtasida yashirin muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Al Akhbar” nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Muzokaralarda Suriya janubida zararsizlantirilgan bufer zona yaratish imkoniyati muhokama qilingan. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, mazkur hududda nazoratni Isroil zimmasiga olish ehtimoli mavjud. Muzokaralar BAA vositachiligida olib borilmoqda va ushbu davlat mintaqaviy tashabbuskor sifatida ham faol qatnashmoqda.
Bungacha tomonlar o‘rtasida shunga o‘xshash uchrashuv Ozarbayjonda o‘tkazilgandi. Isroil tomoniga general-mayor Oded Basyuk boshchilik qilgan, Turkiya vakillari ham qatnashgan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp ham Suriya muvaqqat prezidenti bilan uchrashib, kelishuvlari doirasida Isroilni tan olish taklifini bergan.







