Lifestyle

Rossiyada Vikipediya bloklanishi mumkin

Platformadagi ma’lumotlar ruslarga qarshi ruhda ekani aytilmoqda.

Rossiyada Vikipediya bloklanishi mumkin

Rossiya Davlat Dumasi deputatlari Vikipediya onlayn ensiklopediyasini mamlakat hududida bloklash taklifi bilan chiqishdi. Ularning fikricha, platformada tarqatilayotgan ma’lumotlar ruslarga qarshi ruhda bo‘lib, tarixiy voqealar biryoqlama va noto‘g‘ri yoritilmoqda.

 

Deputatlar Vikipediyani "g‘arblik mafkuraviy vosita" deb atab, uni Rossiya axborot xavfsizligiga tahdid deb hisoblamoqda. Shu sababli ular rasmiy ravishda resursni cheklash choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.

 

Hozircha Vikipediya Rossiyada to‘liq bloklanmagan, ammo ayrim sahifalar allaqachon cheklovlarga uchragan. Masala bo‘yicha rasmiy qaror hali e’lon qilinmagan.

Rossiyada Vikipediya bloklanishi mumkin | Zamon.uz