YI Avstraliya bilan harbiy hamkorlik bitimini tuzmoqchi
Yevrokomissiya rahbari bitim tuzish imkoniyatlari haqida gapirgan.

Hozirgi murakkab xalqaro vaziyat sharoitida Yevropa Ittifoqi xavfsizlik va mudofaa sohasida Avstraliya bilan hamkorlikni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen yakshanba kuni Rimda Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaniz bilan uchrashuvda bitim tuzish imkoniyatlari haqida gapirdi.
Fon der Lyayenning taʼkidlashicha, Avstraliya – Yevropa Ittifoqi uchun strategik hamkor bo‘lib, ikki tomonning umumiy qadriyatlari hozirgi beqaror dunyoda alohida ahamiyatga ega.
YI va Avstraliya rahbarlari bitim tuzish jarayonida yanada muvofiqlik va qo‘shma xavfsizlik tashabbuslarini rivojlantirishga e’tibor qaratmoqdalar. Bitim global xavfsizlik muammolari va mintaqaviy barqarorlikni taʼminlashda muhim omil bo‘lishi kutilmoqda.







