Lifestyle

Dunyoda tamaki chekuvchilar soni kamaymoqda

Jahon miqyosida ularning foizi uchdan birga qisqardi.

Dunyoda tamaki chekuvchilar soni kamaymoqda

Tamakiga qarshi global kurash natija bermoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesusning ta’kidlashicha, tamakiga qarshi kurash bo‘yicha Hadli konvensiyasi kuchga kirganidan buyon dunyoda chekadiganlar soni uchdan birga qisqargan. Bu haqda u 78-Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining ochilishida ma’lum qildi.

 

JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, aynan konvensiya tufayli bugungi kunda dunyo bo‘yicha 300 million nafardan kam odam tamaki iste’mol qiladi. Bu esa sog‘liq uchun eng xavfli odatlardan birining jilovlanayotganidan dalolat beradi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, tamaki har yili 8 milliondan ortiq inson hayotiga zomin bo'ladi — ularning 7 milliondan ortig‘i chekadiganlar bo‘lsa, 1,2 million nafari passiv chekishdan — ya’ni ikkilamchi tamaki tutunidan jabrlanganlar.

 

JSST yana bir bor ta’kidlaydiki, tamaki iste’molining hech qanday xavfsiz dozasi mavjud emas. Uning barcha shakllari sog‘liq uchun xavfli bo‘lib, yurak-qon tomir, nafas yo‘llari, saraton kabi o‘nlab kasalliklarga sabab bo‘ladi.

Dunyoda tamaki chekuvchilar soni kamaymoqda | Zamon.uz