Siyosat

Tramp Putin bilan 2 soat suhbatlashdi

Tomonlar 9 nafardan mahbusni almashishga kelishib oldi.

Tramp Putin bilan 2 soat suhbatlashdi

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida 2 soat 5 daqiqa davom etgan telefon suhbati ochiq va konstruktiv ruhda, o‘zaro hurmat asosida kechdi. Muloqot chog‘ida tomonlar Rossiya va AQSh o‘rtasidagi mahbuslar almashinuvi masalasini muhokama qilib, har ikki davlatdan 9 nafardan mahbusni topshirishga kelishib oldi.

 

Ikki yetakchi Moskva va Vashington o‘rtasidagi hozirgi munosabatlar holatini tahlil qilib, ularni kelgusida normallashtirish zarurligini ta’kidladi. Tramp Rossiyani AQShning eng muhim hamkorlaridan biri sifatida ko‘rayotganini bildirgan. Shuningdek, ular Ukraina bo‘yicha ham muloqotni davom ettirishga kelishib olgan.

 

Putin va Tramp shaxsan uchrashish ehtimolini istisno etmadi, ammo uchrashuv joyi va sanasi hali belgilanmagan. Ushakovning aytishicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha aniq kelishuv muddati muhokama qilinmagan. Suhbat davomida Tramp mojarolar yakunlangach, Rossiyaga tashrif buyurishini ma’lum qilgan.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Tramp Putin bilan 2 soat suhbatlashdi | Zamon.uz