Siyosat

Yevrokomissiya Rossiya neftining narxini pasaytirmoqchi

Reja yangi sanksiyalar paketining bir qismi sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Yevrokomissiya Rossiya neftining narxini pasaytirmoqchi

Yevrokomissiyaning iqtisodiyot bo‘yicha komissari Valdis Dombrovskis Yevropa Ittifoqi G7 davlatlariga Rossiya neftiga o‘rnatilgan narx chegarasini barreli uchun 60 dollardan 50 dollargacha tushirishni taklif qilganini ma’lum qildi. Bu taklif Rossiyaga qarshi kiritilishi rejalashtirilayotgan yangi sanksiyalar paketining bir qismi sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

 

Komissar narx pasayishi aniq qanchaga teng bo‘lishini ochiqlamagan bo‘lsa-da, Reuters manbalariga ko‘ra, gap 10 dollarlik chegirma haqida bormoqda. Bu taklif G7 davlatlarining Rossiyaga bosimni kuchaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarining davomidir.

 

Dombrovskis ta’kidlashicha, bu choralar Rossiyaning urushni moliyalashtirish imkoniyatlarini cheklash, neft eksportidan olinadigan daromadlarni kamaytirish va global energiya xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Yangi narx cheklovlari bo‘yicha qarorlar yaqin haftalarda muhokama qilinishi kutilmoqda.

custom img

Rossiyadagi saylovlar: Shavkat Mirziyoyev Putinga tabrik maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyadagi saylovlar mamlakat jamiyatining siyosiy madaniyati va fuqarolik hamjihatligini namoyon etganini ta’kidladi.

custom img

Dirijabl, favvora va osmono‘par binolardagi bayroq: Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifi tafsilotlari

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreyadagi tashrifi davomida mintaqa davlatlari rahbarlari va koreyalik hamkorlar bilan uchrashdi. Sammit arafasida “Mirziyoyev doktrinasi” kitobining koreys tilidagi nashriga dastxat yozib berdi.

custom img

Janubiy Koreya Markaziy Osiyo prezidentlariga turli sovg‘alar taqdim etdi: ular orasida nimalar bor?

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon Seulda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularga mamlakatlarning qiziqishlari va madaniy xususiyatlarini inobatga olgan holda turli sovg‘alar taqdim etdi. Tojikiston prezidentiga berilgan sovg‘aning mazmuni esa oshkor qilinmadi.

custom img

Tushliksiz 10 ta tadbir, tanaffussiz qariyb 10 soat: Prezidentning Koreyadagi bir kuni

Prezident 15-sentyabr kuni Koreyada parlament va hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi, biznes forumida qatnashdi va vatandoshlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvlar ertalabdan kechgacha tanaffuslarsiz davom etdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “KIND” korporatsiyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Toshkentning yangi xalqaro aeroporti atrofidagi hududni rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

custom img

“Shinhan Bank” O‘zbekistonda sho‘ba bank tashkil etishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev “Shinhan Financial Group” raisi Chjin Ok Don bilan uchrashdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “Hyundai”, “Kia” va “Hyundai Rotem” rahbarlari bilan uchrashdi

“Kia” O‘zbekistonda yangi rusumdagi, elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, “Hyundai Rotem” O‘zbekistonga qo‘shimcha yuqori tezlikdagi poyezdlar yetkazib berish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Eksimbanki raisi bilan uchrashdi

Tomonlar 8 milliard dollarlik yangi hamkorlik dasturini amalga oshirish, yuqori tezlikdagi poyezdlar, muhim minerallar, tibbiyot va raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"