Britaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
Ispaniya ham bu masalani ko'rib chiqishini ma'lum qilgan.

Britaniya G‘azoda boshlangan yangi harbiy operatsiyalar tufayli Isroilga qurol yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatdi. Mamlakat rasmiylari inson huquqlari buzilishi xavfiga e’tibor qaratayotganini ta’kidlamoqda.
Shuningdek, Ispaniya parlamenti ham Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishini ma’lum qildi. Bu qaror mamlakatdagi keng jamoatchilik va siyosiy partiyalar talablari asosida ko‘rib chiqilmoqda.
OAV xabariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi a’zolari Isroil-HAMAS to‘qnashuvlari fonida harbiy hamkorlik siyosatini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lmoqda.







