Lifestyle

Gvineya tog‘larida noyob gigant kalamush topildi

U dunyodagi eng yirik kemiruvchilardan biri hisoblanadi.

Gvineya tog‘larida noyob gigant kalamush topildi

Chexiyalik biolog Frantisek Veymelka Yangi Gvineya tog‘larida olti oy davom etgan ekspeditsiya chog‘ida ilm-fan uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan kashfiyotga erishdi. U dunyodagi eng yirik kemiruvchilardan biri — Mallomys ishtapantap turiga mansub noyob gigant junli kalamushni ilk bor yovvoyi tabiatda suratga olishga va videoga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. 

 

Uzunligi dum bilan birga 85 sm, og‘irligi esa 2 kg gacha yetadigan bu tungi kemiruvchi 3700 metr balandlikdagi tumanli o‘rmonlarda yashaydi. Ilgari bu turning mavjudligi faqat muzey eksponatlari asosida ma’lum bo‘lib, oxirgi namunasi 30 yil oldin topilgan edi.

 

Veymelka, bu qadar yirik hayvonning ilm-fan nazaridan uzoqda qolganiga hayron qolgan. U kalamushning ozuqasi, parazitlari va kechki hayoti haqida noyob ma’lumotlar to‘pladi. Mahalliy papuas ovchilari bilan hamkorlikda olib borilgan ish natijasida mamlakatning eng baland nuqtasi — Vilgelm tog‘i etaklarida 61 turdagi sutemizuvchilar qayd etildi. Bu kashfiyot Yangi Gvineyaning o‘ziga xos ekotizimini yanada chuqurroq anglash imkonini beradi.