Isroil Eronga zarba berish uchun harbiy mashg‘ulotlarni boshladi
Bu mashqlar bir necha oy davomida rejalashtirilgan.

Isroil armiyasi Eronga qarshi ehtimoliy harbiy amaliyotlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida maxsus mashg‘ulotlarga kirishdi. Bu mashqlar Isroil mudofaa kuchlari tomonidan bir necha oy davomida rejalashtirilgan bo‘lib, so‘nggi haftalarda amalda boshlangan.
Manbalarga ko‘ra, mashg‘ulotlar doirasida uzoq masofalarga reydlar, havo hujumlari va elektron kurash usullari o‘rganilmoqda. Bu orqali Isroil ehtimoliy to‘qnashuvda tezkor va samarali harakat qilish qobiliyatini oshirishni ko‘zlamoqda.
Ayni vaqtda AQSh razvedka idoralari ham Eron yadroviy obyektlariga nisbatan zarba berish ehtimoli oshgani haqidagi ma’lumotlarni to‘plamoqda. Ammo bu masalada hozircha yakuniy siyosiy qaror qabul qilingani aniq emas.
Ma’lumot uchun, Isroil hukumati bir necha bor Eronning yadroviy dasturini “ekzistensial tahdid” sifatida baholagan va kerak bo‘lsa, harbiy chora ko‘rilishini inkor etmagan.







