Ko‘kdalada tarvuz eksporti boshlandi
Tumanda maxsus eksport shtabi tashkil etilgan.

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida tarvuz yig‘im-terimi boshlab yuborildi va mahsulotlar katta yuk mashinalarida ichki bozorlarga hamda eksport yo‘nalishlariga yuborilmoqda.
Eksport jarayonlarini tez va shaffof o‘tkazish maqsadida tumanda maxsus eksport shtabi tashkil etilgan. Bu yerda 90 nafar fitosanitariya nazoratchisi va 10 nafar mutaxassis sutkasiga 24 soat ishlamoqda.
Faqatgina 15–20 may kunlari orasida Qozog‘istonga 839 tonna, Rossiyaga esa 1437 tonna tarvuz eksport qilingan. O‘tgan hafta davomida esa jami 4300 tonnadan ortiq tarvuz ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berildi.







