Lifestyle

Ajinlarning asosiy sababi yosh emas — quyosh!

90 foiz ajinlar qarilikdan emas, quyoshdan paydo bo‘ladi.

Ajinlarning asosiy sababi yosh emas — quyosh!

 

Ko‘pchilik ajinlarni faqat yoshi o‘tganining belgisi deb biladi. Aslida esa, teridagi erta qarish alomatlarining 90 foizi tabiiy qarish emas, balki quyosh nurlarining, aniqrog‘i, ultrabinafsha nurlanishining zararli ta’siri natijasidir.

 

Rossiyalik kosmetolog Yelizaveta Shuxmanning ma’lum qilishicha, ayniqsa ochiq joylarda — yuz, bo‘yinga yaqin sohalar, qo‘llarda terining erta qarish holatlari tez-tez uchraydi. Ular ayniqsa quyoshda ko‘p yuradigan, 30 yoshga ham yetmagan insonlar orasida ham uchrashi mumkin.

 

Uning ta’kidlashicha, foto qarish deb ataluvchi bu jarayon ultrabinafsha nurlari DNKga zarar yetkazishi, kollagen va elastin tolalarini yemirishi natijasida yuzaga keladi. Natijada teri mustahkamligini yo‘qotib, ajinlar, pigment dog‘lari, o‘rgimchak tomirlari va yuz shaklining o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi.

 

Qoramtir teri fotoshimollarga nisbatan ultrabinafsha nurlanishni 50 foizgacha filtrlash xususiyatiga ega. Ammo bu mutlaqo himoya degani emas — barcha teri tiplari foto qarishga nisbatan sezuvchandir.

 

Himoya choralari qanday bo‘lishi kerak?

  • Shuxman quyidagi profilaktik choralarni tavsiya qiladi:
  • Har kuni SPF30+ darajadagi quyoshdan himoya kremini qo‘llash — hatto bulutli kunlarda ham.
  • C va E vitaminlari, resveratrol kabi antioksidantlar iste’mol qilish.
  • Terining holatiga mos kosmetik parvarish va muolajalar.

 

Zamonaviy himoya vositalari ikki asosga qurilgan:

Fizik filtrlari (rux oksidi, titan dioksidi) quyosh nurlarini aks ettiradi, lekin ayrim hollarda terini “oqartirib” yuborishi yoki teshiklarni yopishi mumkin.

 

Kimyoviy filtrlari (masalan, avobenzon, oktokrilen) ultrabinafsha nurlarini yutib, ularni xavfsiz issiqlikka aylantiradi, ammo sezgir terida allergik reaksiya chaqirishi mumkin.

 

Eng ideal yechim — har ikki filtrlardan iborat gibrid formulali kremlar. Shuningdek, har ikki soatda, ayniqsa suvga tushgandan so‘ng, kremni yangilashni unutmaslik kerak.

Ajinlarning asosiy sababi yosh emas — quyosh! | Zamon.uz