O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 75 dan oshdi
1991-yildan buyon eng yuqori umr davomiyligi qayd etildi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshga yetdi. Bu — 1991-yildan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Umr davomiyligining yillik o‘sishi:
- 1991-yil – 66,4 yosh
- 1995-yil – 69,1 yosh
- 2000-yil – 70,8 yosh
- 2005-yil – 71,8 yosh
- 2010-yil – 73 yosh
- 2015-yil – 73,6 yosh
- 2020-yil – 73,4 yosh
- 2024-yil – 75,1 yosh
Mutaxassislar bu o‘sishni sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar, yashash sharoitlarining yaxshilanishi, sog‘lom turmush tarziga e’tibor va profilaktik tibbiyot xizmatlarining kengayishi bilan bog‘lamoqda.







